AsosiySport

Evropa Ligasi. Pley-off bosqichining barcha ishtirokchilari ma`lum bo`ldi

Evropa Ligasi turnirining guruh bosqichi o`z yakuniga etdi va pley-off yo`llanmasiga ega bo`lgan barcha jamoalarning nomi ma`lum qilindi.

Evropa Ligasi ishtirokchilaridan tashqari bu erga EChL guruh bosqichida 3-o`rinni olgan jamoalar ham qo`shildi.

Ular saralangan va saralanmagan savatchalarga ajratildi.

Saralanganlar: “Zenit”, APOEL, “Ayaks”, “Beshiktosh”, “Kopengagen”, “Lion”, “Osmanlispor”, “Roma”, “Sent-Eten”, “Sparta” (Praga), “Tottenxem”, “Fenerbaxche”, “Fiorentina”, “Shalke”, “Shaxtyor” (Donesk).

Saralanmaganlar: “Krasnodar”, “Rostov”, AZ, “Anderlext”, “Astra”, “Borussiya” M, “Vilyarreal”, “Gent”, “Legiya”, “Ludogores”, “Manchester Yunayted”, “Olimpiakos”, PAOK, “Selta”, “Xapoel” B-Sh.

Eslatib o`tamiz, Evropa Ligasi 1/16 finalining juftliklarini aniqlab berish uchun qur`a tashlash marosimi 12 dekabr kuni bo`lib o`tadi. 

    Boshqa yangiliklar