AsosiyMadaniyat

Grinvich rasadxonasi va Mirzo Ulug‘bekning buyuk ilmiy merosi

Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya Oksford Islom tadqiqotlari markaziga tashrifi davomida ushbu qo‘lyozma bilan tanishgan.

'Grinvich rasadxonasi va Mirzo Ulug‘bekning buyuk ilmiy merosi'ning rasmi

London yaqinidagi mashhur Grinvich rasadxonasi qurilishida ajdodlarimizning ilmiy yutuqlari, jumladan, Mirzo Ulug‘bekning kashfiyotlari muhim o‘rin tutgan. Bu ilmiy muassasa 1675 yilda ingliz qiroli Karl II tashabbusi bilan dengizchilar uchun koordinatlarni aniqlash maqsadida barpo etilgan. Rasadxonada nolinchi meridian aniqlangan bo‘lib, aynan shu hududda "Grinvich vaqti" atamasi vujudga kelgan.  

Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari va uning maktabiga tegishli usturlob Grinvich rasadxonasida ilmiy ishlar uchun asos bo‘lgan. Ushbu qo‘lyozma Samarqandda yozilgan va shogirdi Ali Qushchi tomonidan Istanbulga olib kelingan.  U Samarqanddan ko‘plab asarlar, rasadxonada ishlatilgan asbob-uskunalarni, demakki ushbu qo‘lyozmani ham o‘zi bilan Istanbulga olib kelgan bo‘lishi mumkin.

Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmati xabariga ko‘ra, Markaz direktori Firdavs Abduxoliqov boshchiligidagi delegatsiya Oksford Islom tadqiqotlari markaziga tashrifi davomida ushbu qo‘lyozma bilan tanishgan.

"Qo‘lyozma hoshiyasidan o‘rin olgan lotin tilidagi qaydlar esa, ingliz olimi Jon Grivz (1602-1652) ga tegishli. Biz O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi bilan Oksfordga borganimizda bu qo‘lyozma bilan ham tanishdik. Bodlean kutubxonasi Sharq qo‘lyozmalari bo‘limi kuratori Nikolas Kontovasning aytishicha, Grivz o‘sha yilning aprelida Usmoniylar poytaxtida ingliz savdogari va konsuli Piter Uaytning ko‘magida Ali Qushchi Samarqanddan keltirgan qo‘lyozmalarni, astronomik asboblarga ham ega bo‘ladi va Londonga qaytadi. Ular orasida misrlik olim Ptolomeyning “Almagest” asari sharhi - Abdurahmon as-Sufiyning “Qo‘zg‘almas yulduzlar tasviri haqida kitob” asari, Mirzo Ulug‘bekning “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” asari, sharqona usturlob ham bo‘lgan", —  dedi Firdavs Abduxoliqov.

Jon Grivz Ulug‘bekning asari asosida Sharq taqvimlarini o‘rganib, Yerning Quyosh atrofidagi harakatini aniqlagan. U Ulug‘bek taqvimi Yuliy Sezar kalendaridan aniq va mukammal ekanini isbotlab, yangi taqvimni joriy etishni taklif qilgan.  

Grinvich rasadxonasi jahon miqyosida ilmiy vaqt va koordinat tizimining asosi bo‘lib, bu yutuqlarda Mirzo Ulug‘bekning asarlari va maktabiga tegishli ulkan ilmiy hissa mujassam.


    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tojmahal va Registonni nima bog‘lab turadi?'ning rasmi

    Madaniyat 19.04.2025 13:32

    Tojmahal va Registonni nima bog‘lab turadi?

    Bu ikki muhtasham bino o‘rtasidagi o‘xshashliklar tasodif emas, balki...

    'Turkiy xalqlar madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidenti Toshkentga keldi'ning rasmi

    Madaniyat 09.04.2025 07:35

    Turkiy xalqlar madaniyati va merosi jamg‘armasi prezidenti Toshkentga keldi

    Aktoti Rayimkulova O‘zbekistonda madaniy merosni o‘rganishga katta e’tibor qaratilayotganini e’tirof etdi.

    'Buyuk ajdodlarimizni o‘z nomi bilan atash lozim'ning rasmi

    Madaniyat 07.04.2025 20:12

    Buyuk ajdodlarimizni o‘z nomi bilan atash lozim

    9 aprel – Amir Temur tavallud topgan kun

    'Samarqand endi rasman YUNЕSKO Bosh konferensiyasi o‘tkaziladigan joy sifatida belgilandi'ning rasmi

    Madaniyat 02.04.2025 20:14

    Samarqand endi rasman YUNЕSKO Bosh konferensiyasi o‘tkaziladigan joy sifatida belgilandi

    So‘nggi 40 yil davomida ushbu konferensiya Parijdan boshqa yerda o‘tkazilmagan.

    'O‘zbekiston vakili Fransiyaning "San’at va adabiyot" ordeni bilan taqdirlandi'ning rasmi

    Madaniyat 01.04.2025 23:02

    O‘zbekiston vakili Fransiyaning "San’at va adabiyot" ordeni bilan taqdirlandi

    Orden O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi raisi Gayane Umerovaga topshirildi.

    'Botir Qodirov javobgarlikka tortildi'ning rasmi

    Madaniyat 01.04.2025 13:31

    Botir Qodirov javobgarlikka tortildi

    Xonanda mualliflik haqini to‘lamasdan she’rlarni qo‘shiq qilganlikda ayblanmoqda.