AsosiyDunyo
4032

Bred Pitt rafiqasi Anjelina Joli bilan bo`layotgan janjalni oshkor etmaslikni talab qildi

Gollivud aktyori Bred Pitt bolalariga vasiylik qilish uchun rafiqasi Anjelina Joli bilan bo`layotgan janjalni oshkor qilishni taqiqlashni talab qildi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

Bred Pitt oilaviy janjalni ommaviy tarzda muhokama qilish, bolalarning tarbiyasiga salbiy ta`sir ko`rsatadi, deb hisoblaydi. U seshanba kuni sudga jinoyat ishi yuzasidan barcha ma`lumotlarni nashrlarda chop etishni taqiqlash uchun zarur bo`lgan hujjatlarni taqdim etdi.

Nashrning ma`lum qilishicha, Anjelina Joli turmush o`rtog`ining bu harakatidan farzandlarini nazoratsiz ravishda ko`rishga ruxsat olishidan hadiksiramoqda.

Anjelina Joli 19 sentyabr kuni ajrashish uchun sudga ariza bergan. Norasmiy ma`lumotlarga ko`ra, bunga shirakayf Bredning samolyotda farzandlaridan biriga tarsaki tushirishi sabab bo`lgan. Ammo Los-Anjeles bolalar va oilaviy ishlar bilan shug`ullanuvchi departament o`tkazgan tekshiruv jarayonida yuqoridagi holat o`z tasdig`ini topmagan.

Pitt va Joli 2014 yilda turmush qurgan. Ularning uch nafar o`z farzandi va uch nafar asrab olgan bolalari bor.

Boshqa yangiliklar