Qozog‘istonning Aqtau shahrida Bokudan Grozniyga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti qulab tushdi. Bu haqda Tengrinews xabar berdi.
Hodisa joyiga Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligining 52 nafar shaxsiy tarkibi va 11 ta texnikasi yetib kelgan. Samolyot qulab tushganidan keyin yong‘in boshlangan. Qutqaruv bo‘linmalari yong‘inni o‘chirishga kirishdi. Hozirda jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilmoqda, tirik qolganlar borligi haqida oldindan xabar berilmoqda.
Halokatga uchragan samolyot Azerbaijan Airlines aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan. Vazirlik Bokudan Grozniyga uchayotgan bo‘lganini tasdiqlagan. Bortda 67 nafar yo‘lovchi va besh ekipaj a’zosi bo‘lgani aytilmoqda.