AsosiyJamiyat

Farg‘onada bolaning og‘ir tan jarohati olishiga sababchi bo‘lgan enaga ushlandi

Holat Bolalar ombudsmani nazoratiga olingan.

'Farg‘onada bolaning og‘ir tan jarohati olishiga sababchi bo‘lgan enaga ushlandi'ning rasmi

Kuni kecha Farg‘onada enaganing mas’uliyatsizligi bolaning og‘ir tan jarohatlar olishiga sabab bo‘lganligi haqida xabar qilingandi. 

Ta’kidlanganidek, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB tomonidan fuqaro M.X ga nisbatan JKning 117-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Joriy yilning 5 yanvar kuni M.X. JKning 117-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 2-qismi “b,v” bandlar bilan gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, ayol O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi. Bu haqda Bolalar ombudsmani xabar qildi.

Mazkur jinoyat ishiga oid dastlabki tergov doirasida bolaning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi sodir etilgan har qanday harakatlarga to‘liq baho berilishi ta’minlanadi.

Bolalar ombudsmani ushbu holatda bola manfaatlari nuqtayi nazaridan o‘z kuzatuvini davom ettirmoqda.

    Boshqa yangiliklar