AQShning Xyuston shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionati–2026 guruh bosqichining ilk uchrashuvida Germaniya terma jamoasi Kyurasao ustidan 7:1 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.
Nemislar hisobni 6-daqiqayoq Feliks Nmecha goli bilan ochishdi. Biroq Kyurasao vakillari taslim bo‘lmadi va 21-daqiqada Livano Komenensiya jamoa tarixidagi Jahon chempionatlaridagi ilk golni urdi.
Shundan keyin Germaniya maydonda to‘liq ustunlikni qo‘lga oldi. Birinchi bo‘limda Niko Shlotterbek hamda penaltidan aniq zarba yo‘llagan Kay Haverts raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ikkinchi taymda esa Jamal Musiala, Natan Braun, Deniz Undav va yana bir bor Kay Haverts o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Natijada Germaniya musobaqani yirik — 7:1 hisobidagi g‘alaba bilan boshladi.
Qayd etish joiz, Kyurasao terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Komenensiyaning goli esa mamlakat futboli uchun mundiallardagi birinchi gol sifatida tarixga kirdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng Germaniya E guruhida peshqadamga aylandi.






