O‘zbekiston issiqlik va issiq suv tariflari 2025 yil davomida 2 marotaba oshirish ko‘zda tutilgan. Bu haqda qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshlig‘i Ilhom To‘rayev ma’lum qilgandi.

“Chunki to‘lovlarni davlat tomonidan qoplab berishda juda katta subsidiya bor. Subsidiyadan qutilish va tizimni yangilash uchun biz narxlarni qayta ko‘rib chiqishimiz kerak. Bunda nafaqat narxlarni, to‘lov tizimni ham qayta ko‘rish lozim”, degan edi u.

Tarif narxlari 2024 yilda viloyatlarda bir marotaba Toshkentda esa ikki marotaba oshirilgan.