AsosiyJamiyat

Bugun qator hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi

Respublikada harorat 0 daraja sovuqqacha pasayadi.

'Bugun qator hududlarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanadi'ning rasmi

Bugun kunduzi ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi.  Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-4° iliq bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor bo‘ladi, kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi  joylarga tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20-23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.

    Boshqa yangiliklar