AsosiyJAMIYAT

AQShda noqonuniy poyga uyushtirgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindimi?

Bildirilishicha, hodisada 6 nafar O'zbekiston fuqarolari qo‘lga olingan.

'AQShda noqonuniy poyga uyushtirgan o‘zbekistonliklar qo‘lga olindimi?'ning rasmi

Ohayo shtatining Tsintsinnati shahridagi Paysor stadioni yaqinida noqonuniy ko'cha poygasi tashkil etishda gumon qilingan 6 nafar shaxs qo'lga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlarga tayanib UzNews ma'lum qildi.

Qo'lga olinganlar orasida O'zbekiston fuqarolari ham borligi qayd etilgan. Ularga stadion hududiga noqonuniy kirish va ayrim holatlarda noqonuniy poyga uyushtirish ayblovlari qo'yilgan.

Hodisa stadion xavfsizlik xizmati murojaatidan so'ng aniqlangan. Politsiya tomonidan Audi, BMW, Ford Mustang va Dodge Challenger rusumli avtomobillar jarima maydoniga olib ketilgan. Sud esa ishtirokchilarga 2500 dollargacha jarima belgilagan.

    Boshqa yangiliklar