AsosiyBU QIZIQ

O‘zbekistonning JCHdagi o‘yinlari uchun 220 ta maktabda “Muxlislar maydoni” tashkil etiladi

Jahon chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston milliy jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mamlakat bo‘ylab 220 ta umumta’lim maktabida “Muxlislar maydoni” loyihasi yo‘lga qo‘yiladi.

'O‘zbekistonning JCHdagi o‘yinlari uchun 220 ta maktabda “Muxlislar maydoni” tashkil etiladi'ning rasmi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi ma'lum qilishicha, O'zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatidagi ishtirokini keng jamoatchilik bilan birgalikda kuzatish maqsadida 220 ta tuman va shahardagi umumta'lim maktablari tanlab olingan.

Qayd etilishicha, futbol uchrashuvlarini tomosha qilish uchun barcha qulayliklarga ega bo'lgan mazkur ta'lim muassasalarida o'quvchilar, ota-onalar va boshqa fuqarolar jahon chempionati o'yinlarini katta ekranlar orqali jonli efirda kuzatish imkoniyatiga ega bo'ladi.

AQSh, Kanada va Meksika mezbonligida o'tadigan Jahon chempionati 11 iyun kuni start olib, 19 iyul kuni yakunlanadi. Turnir tarixida ilk bor 48 ta milliy jamoa ishtirok etadi.

O'zbekiston milliy jamoasi guruh bosqichida Kolumbiyaga qarshi 18 iyun kuni (Toshkent vaqti bilan soat 07:00), Portugaliyaga qarshi 23 iyun kuni (22:00) hamda Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi 28 iyun kuni (04:30) maydonga tushadi.

    Boshqa yangiliklar