AsosiyJamiyat

“Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida bir qator vazifalar amalga oshirilmogda

Bugungi kunda poytaxtimiz hamda Navoiy, Farg‘ona, Chirchiq va Termiz shaharlarida havoning ifloslanish darajasi belgilangan me’yordan yuqori bo‘lishi holatlariga sanoatning o‘sishi, uglerod yoqilg‘ilaridan keng foydalanish, transport vositalari sonining ko‘payishi, tabiiy omillar va nazoratning yetarli emasligi sabab bo‘lmogda.

'“Toza havo” umummilliy loyihasi doirasida bir qator vazifalar amalga oshirilmogda'ning rasmi


Shu sababli 2030 yilgacha atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar hajmini qisqartirish, sanoat obyektlarida tashlamalarni ushlab qolish ulushini oshirish, transportdan chiqadigan zararli moddalarni kamaytirish hamda PM2,5 bo‘yicha me’yordan oshish kuzatiladigan kunlar sonini pasaytirish muhim ahamiyat kasb etadi.

Bu borada, “Toza havo” loyihasida energetika va sanoat tarmoqlariga alohida e’tibor qaratilmog‘da. Masalan, endilikda qurilish sohasida ham ekologik talablar kuchaytiriladi. Yangi quriladigan yirik obyektlarni loyihalashtirishda ko‘kalamzorlashtirish darajasini oshirish, qurilish materiallarini yopiq sharotitda saqlash, chiqindilarni maxsus quvur va konteynerlar orqali tushirish, maydonlarni himoya to‘siqlari bilan o‘rash, onlayn kuzatuv kameralarini o‘rnatish kabi talablar belgilanmog‘da.

Ta’kidlash joizki, bu chora-tadbirlar nafaqat ekologik barqarorlikni ta’minlaydi, balki atmosfera tozaligi, aholi salomatligi va shahar infratuzilmasining uyg‘un rivojlanishiga ham xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar