AsosiyJamiyat

“Tashkent city"dagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi

Yong‘in oqibatlari haqida xabar berdi.

'“Tashkent city"dagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi'ning rasmi

Ijtiomiy tarmoqlarda Shayxontohur tumani “Tashkent city” hududidagi ko‘p qavatli uyda sodir bo‘lgan yong‘in aks etgan videolar tarqaldi. 

Toshkent shahar FVBga ko‘ra, yong‘in soat 19:49 da “Tashkent city” hududida joylashgan, 9 qavatli uyning tom qismida sodir bo‘lgan. 

Yong‘in-qutqaruv texnikalari manzilga soat 19:53 da yetib borib, yong‘in soat 20:03 da qurshab olinib, soat 20:05 o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar