AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda onlayn savdoda eng ko‘p muammo maishiy texnikalar bilan bo‘layotgani aniqlandi

Raqobat qo‘mitasiga bir yilda elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan.

'O‘zbekistonda onlayn savdoda eng ko‘p muammo maishiy texnikalar bilan bo‘layotgani aniqlandi'ning rasmi

2024 yilda Raqobat qo‘mitasiga elektron tijorat sohasiga oid 1328 ta murojaat kelib tushgan, shulardan 81,9 % (1085 ta) ijobiy hal etilgan, 14,3 % (190 ta) bo‘yicha tushuntirish berilgan, 1,3 % (17 ta) vakolatli organlarga yo‘naltirilgan va 33 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda Qo‘mita matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Natijada, 423 iste’molchining huquqlari tiklandi, 88,9 million so‘m iste’molchilar foydasiga qayta hisoblandi, 31,6 million so‘mlik mahsulotlar almashtirilishi ta’minlandi. 

Elektron savdo maydonlarida ko‘pchilik muammolar maishiy texnika sotuvidan (77,9 %) kelib chiqib, asosan nuqsonli tovarlarga bog‘liq ekanligi aniqlangan.

Murojaatlar kesimida eng ko‘p muammoli platformalar:

Uzum Market – 39,6 %;

Alif Shop – 9,9 %;

Uzum Nasiya – 6,5 %;

ZoodMall – 6,0 %;

Asaxiy uz – 3,8 %;

IDEA – 2,5%;

Hopshop – 2,1%;

100K uz – 2,1%.

 Shuningdek, murojaatlarni hal qilish samaradorligi bo‘yicha turli platformalar faoliyati tahlil qilindi:

Openshop uz – 100 %;

Hopshop – 92,9 %;

Sello uz – 87,5 %;

Alijahon uz – 81,5 %;

ZoodMall – 81,0 %;

100K uz – 78,6 %;

Alif Shop – 67,2 %;

Uzum Nasiya – 66,3 %;

Uzum Market – 60,2 %

Shu o‘rinda, quyidagi elektron savdo platformalari yuzasidan kelib tushayotgan murojaatlarnining aksariyati iste’molchilar foydasiga hal qilinmasdan, murojaat qanoatlantirilishi juda past ko‘rsatkichni tashkil etmoqda:

Sandiqshop – 21,4 %;

Booknomy – 28,6 %.

Qo‘mita tomonidan ommaviy ofertalarni qonunchilikka moslashtirish, elektron savdo ishtirokchilarining malakasini oshirish borasida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu sa’y-harakatlar iste’molchilar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish va bozor raqobatini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Voida Labo avtomashinasiga o'rnatilgan gaz balon portladi'ning rasmi

    Jamiyat 18.09.2025 19:23

    'Tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan soliq boshqarmasi boshlig'iga hukm o'qildi'ning rasmi

    Jamiyat 18.09.2025 19:12

    Tadbirkor ayolga shilqimlik qilgan soliq boshqarmasi boshlig'iga hukm o'qildi

    Erkak ayolga toʻxtamay shaxsiy xabarlar joʻnatib, goʻyoki uning ahvolidan xavotirlanganday "kechki choy uchrashuvlar"ga taklif qilgan.

    'Davlat raqami belgisini o‘rniga ismini yozib olgan fuqaroga chora ko‘rildi'ning rasmi

    Jamiyat 18.09.2025 18:25

    Davlat raqami belgisini o‘rniga ismini yozib olgan fuqaroga chora ko‘rildi

    Haydovchi davlat raqam belgisi o‘rniga 20 FARRUX belgisini taqib harakatlangan.

    'Umra ziyoratidan qaytmoqchi bo‘lgan o‘zbeklar aviachiptasiz qolib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 18.09.2025 18:10

    Umra ziyoratidan qaytmoqchi bo‘lgan o‘zbeklar aviachiptasiz qolib ketdi

    Ziyoratchilarning aksariyatini keksalar va ayollar tashkil qilgan.

    'O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi 21,5 foizdan 11,4 foizga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat 18.09.2025 17:46

    O‘zbekistonda bolalar kambag‘alligi 21,5 foizdan 11,4 foizga tushdi

    Ijtimoiy nafaqalar, bolalar uchun moddiy yordam va pensiyalar qashshoqlikni kamaytirishda muhim omil bo‘lgan.

    'Metroda qizlarga tagajjuz qilgan erkak kechirim so'radi'ning rasmi

    Jamiyat 18.09.2025 15:14

    Metroda qizlarga tagajjuz qilgan erkak kechirim so'radi

    Buning uchun unga 5 sutka maʼmuriy qamoq jazosi qoʻllandi.