AsosiyJamiyat

Pensioner O‘zbekistondan chiqib ketganda pensiya to‘lanmaydimi?

Pensiya tayinlash va to‘lash tartibi qanday belgilangan?

'Pensioner O‘zbekistondan chiqib ketganda pensiya to‘lanmaydimi?'ning rasmi

"Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ga muvofiq, bugungi kunda:

  • Pensioner O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekistonga qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi.

 Bunda vaqtincha to‘xtatilgan pensiyani to‘lash pensioner O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng qayta tiklanadi.

Eslatib o‘tilishicha, fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng olinmay qolgan oylardagi pensiyasini 24 oyligini olish huquqiga ega.

Bunda pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oydan oshmagan davr uchun to‘lanadi.

    Boshqa yangiliklar