Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, pensiya olish yoshiga to‘lgan (erkaklar – 60 yosh, ayollar – 55 yosh) fuqarolarga yoshga doir pensiyani belgilashda ularning alohida murojaati talab etilmaydi. Fuqaroning ish staji, ish haqi va boshqa ma’lumotlari vazirlik hamda idoralarning axborot tizimlaridan olingan ma’lumotlar asosida bir kun muddatda proaktiv shaklda tayinlash tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Shuningdek, qonun loyihasida fuqaroda pensiya yoshiga yetganiga qaramay mehnat faoliyatini davom ettirish istagi bo‘lsa, proaktiv shaklda tayinlanadigan yoshga doir pensiyani rad etish tartibini ham joriy etish nazarda tutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, amaldagi tartibga ko‘ra, fuqarolar pensiya yoshiga to‘lganidan so‘ng pensiya tayinlashni so‘rab yashash joyidagi Pensiya jamg‘armasi bo‘limiga, Davlat xizmatlari markaziga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga ro‘yxatdan o‘tib, so‘rovnomani to‘ldirgan holda murojaat qiladi.
Ma’lumot uchun, hozirgi paytda yoshga doir eng kam pensiya miqdori — oyiga 834 000 so‘mni tashkil etadi