AsosiyJamiyat

Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda

Joriy yil 10 oyida O‘zbekistonga 15,8 mlrd dollar pul o‘tkazmalari kirib keldi — o‘tgan yilga nisbatan 25 foiz ko‘p.

'Migrantlar yuborgan pullar asosan kundalik ehtiyoj va kreditlarga sarflanmoqda'ning rasmi

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yil yanvar–oktyabr oylarida xorijdagi mehnat migrantlaridan 15,8 milliard dollar pul o‘tkazmalari qabul qilindi. Tushumlarning 53 foizi ming dollargacha bo‘lgan kichik pul o‘tkazmalari hisoblanadi.

Tahlillarga ko‘ra, pul oqimlarining 78 foizi Rossiyadan, qolgan qismi Qozog‘iston, AQSh, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya va YI davlatlaridan kelgan. Bu yilgi 10 oylik ko‘rsatkich 2023 va 2024 yillardagi to‘liq yillik raqamlardan ham yuqori.

Markaziy bank 24 ming pul qabul qiluvchi o‘rtasida o‘tkazgan so‘rovnoma natijasiga ko‘ra, migrantlar yuborgan mablag‘lar quyidagicha sarflanmoqda:

— 58% — kundalik xarajatlar,

— 18% — kredit to‘lovlari,

— 12% — jamg‘armalar,

— 12% — ko‘chmas mulk xaridi,

— 2% — biznes va boshqa ehtiyojlar.

    Boshqa yangiliklar