Saudiya Arabistoni 2025 yilgi Haj mavsumi uchun yangi qoidalarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, ziyoratchilarga bolalarni o‘zi bilan olib kelish taqiqlanadi. Bu qaror ziyoratchilar xavfsizligi va qulayligini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.
Shuningdek, mamlakat fuqarolari va doimiy rezidentlari uchun Haj ziyoratiga ro‘yxatdan o‘tish jarayoni boshlangani ma’lum qilindi. Ro‘yxatdan o‘tish jarayonini osonlashtirish maqsadida onlayn platformalar orqali arizalar qabul qilinmoqda. Ziyoratchilardan barcha talablarga rioya qilish va belgilangan muddatlarda ro‘yxatdan o‘tish so‘ralmoqda.
Saudiya Arabistoni hukumati Haj ziyoratini xavfsiz va tartibli o‘tkazish uchun barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Ziyoratchilarga yangi qoidalar va talablar haqida oldindan ma’lumot olish tavsiya etiladi.
Abdulloh Sayyid