AsosiyJinoyat

Farg'onada 2 kilogrammdan ortiq gashishni sotmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

Gumonlanuvchiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

'Farg'onada 2 kilogrammdan ortiq gashishni sotmoqchi bo'lgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Farg'ona viloyatida kontrabanda yo'li bilan olib kirilgan giyohvandlik vositalari hamda kuchli ta'sir qiluvchi dori preparatlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo'yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma'lum qildi.

Qayd etilishicha, DXXning Farg'ona viloyati bo'yicha boshqarmasi xodimlari Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o'tkazgan.

Tadbir davomida Qo'qon shahri hududida harakatlanayotgan Damas rusumli avtomashina to'xtatilgan. Avtomobilni Farg'ona tumanida yashovchi, 1995 yilda tug'ilgan fuqaro boshqarib ketayotgan bo'lgan.

Avtomashina holislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, uning salonidan 2 kilogramm 40 gramm "gashish" giyohvandlik vositasi hamda 5600 dona "Regapen" kuchli ta'sir qiluvchi dori vositasi topilgan va belgilangan tartibda musodara qilingan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida gumonlanuvchi mazkur giyohvandlik vositalarini Qirg'iziston hududidagi jinoiy sherigidan qabul qilib olgani hamda ularni Qo'qon shahrida sotishni rejalashtirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Farg'ona viloyati bo'yicha boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi, 251-1-moddasi va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Gumonlanuvchiga nisbatan "qamoq" ehtiyot chorasi qo'llanilgan.

    Boshqa yangiliklar