Ma'lum qilinishicha, holat bugun, 2 iyun kuni tungi vaqtda shaharning Ishchilar mahallasi hududida, Navoiy shoh ko'chasi ustida joylashgan ko'prikda sodir bo'lgan.
2007 yilda tug'ilgan M.M. oila a'zolari o'rtasidagi kelishmovchilik sababli ruhiy holati o'zgarib, o'zini ko'prikdan tashlash bilan tahdid qilgani aytilmoqda.
Voqea joyiga zudlik bilan tergov-tezkor guruhi hamda hamkor tashkilotlar yetib borib, yigitni xavfsizlikka olishgan va ko'ngilsiz holatning oldi olingan.
Hozirda holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq shu ko'prikda yana bir shunga o'xshash holat qayd etilgani ma'lum qilingan edi.






