AsosiyDunyo

Yaqin Sharqda 23 kunlik mojaroda 2100 dan ortiq bola halok boʻldi yoki jarohat oldi.

Pentagonning ma'lumotiga ko'ra, AQSH Erondagi 9000 nishonga zarba bergan.

'Yaqin Sharqda 23 kunlik mojaroda 2100 dan ortiq bola halok boʻldi yoki jarohat oldi.'ning rasmi

Yaqin Sharqda 23 kundan beri davom etgan mojaro natijasida kamida 2100 bola halok bo‘lgan yoki jarohat olgan. Shu davr mobaynida Eronda 206, Livanda 118 bola vafot etgan, Isroilda to‘rta va Quvaytda esa bitta bola halok bo‘lgan. Bu haqda Zamon.uz ma’lum qildi. 

Chaybanning ta’kidlashicha, urush boshlanganidan beri har kuni o‘rtacha 87 bola jarohat olgan yoki o‘ldirilgan. “Mintaqadagi bolalar mojaroning dahshatli ta’sirini boshdan kechirmoqda. Agar janglar davom etsa, qurbonlar va yaralanganlar soni orishi mumkin”, dedi u.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, jangovar harakatlar natijasida bolalar farovonligi uchun muhim bo‘lgan uylar, maktablar, kasalxonalar va boshqa infratuzilma vayron bo‘lgan yoki jiddiy shikastlangan.

Pentagon tomonidan berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH Erondagi 9000 ta nishonga zarba bergan va Eronning 140 ta kemasiga zarar yetkazgan yoki ularni vayron qilganini da’vo qilmoqda. Avvalroq, Donald Tramp 9 aprelni Eronga qarshi harbiy operatsiyaning tugash sanasi sifatida belgilashni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

Shu bilan birga, Benyamin Netanyaxu bilvosita Eron bilan kelishuvni tasdiqladi, ammo Isroil bir kun oldin Tehron va Urmiyadagi hududlarni bombardimon qilgan. Zarba turar-joy hududlariga tushgan, Eron harbiylari esa o‘z suverenitetini himoya qilish choralarini ko‘rmoqda.

Joriy mojaro 28 fevral kuni AQSH va Isroil tomonidan Erondagi nishonlarga zarba berish bilan boshlangan. Eron esa bunga javoban Isroil hududi va Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy ob’ektlariga javob zarbalarini berdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:41

    'Саудия Арабистони ва БАА Эронга қарши урушга киришни муҳокама қилмоқда'ning rasmi

    Dunyo 24.03.2026 11:47

    Саудия Арабистони ва БАА Эронга қарши урушга киришни муҳокама қилмоқда

    Hozirda mazkur davlatlar harbiy infratuzilmalardan foydalanishga ruxsat berish va Tehronga iqtisodiy bosim o‘tkazish orqali AQShga yordam bermoqda.

    'Ким Чен Ин Лукашенкони Шимолий Кореяга таклиф қилди'ning rasmi

    Dunyo 24.03.2026 08:52

    Ким Чен Ин Лукашенкони Шимолий Кореяга таклиф қилди

    Tashrif davomida ikki davlat yetakchilari o'rtasida muzokaralar bo'lib o'tadi.

    'Kim Chen In: Shimoliy Koreya yadroviy maqomdan voz kechmaydi'ning rasmi

    Dunyo 24.03.2026 05:37

    Kim Chen In: Shimoliy Koreya yadroviy maqomdan voz kechmaydi

    Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Ir 15-chaqiriq Oliy xalq yig‘inida mamlakatning yadroviy davlat maqomi mutlaqo qaytarilmas ekanini ta’kidladi.

    'Kolumbiyada 125 kishi boʻlgan harbiy samolyot quladi'ning rasmi

    Dunyo 24.03.2026 04:13

    Kolumbiyada 125 kishi boʻlgan harbiy samolyot quladi

    Halokat oqibatida 66 kishi halok bo‘lgan.

    ''ning rasmi

    Dunyo 23.03.2026 15:19