Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 25–26 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Shimoliy Koreyaga boradi. Bu tashrif KXDR yetakchisi Kim Chen In taklifiga binoan amalga oshirilmoqda, deb xabar berdi Lukashenko matbuot xizmati.
Tashrif davomida ikki davlat yetakchilari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Ushbu uchrashuvda Belarus va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar muhokama qilinishi, o‘zaro manfaatli loyihalar aniqdanilishi va amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqilishi kutilmqda.
Shuningdek, tashrif ikki tomonlama aloqalarning huquqiy-shartnomaviy asosini mustahkamlash va hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilishi rejalashtirilgan.






