Tramp bir sentlik tangalar zarb etilishini to‘xtatishni buyurdi.
"Bu isrofgarchilik! Men AQSH Moliya vaziriga yangi 1 sentlik tangalar chiqarilishini to‘xtatishni buyurdim", — degan AQSH prezidenti.
Ma’lum qilinishicha, 2024 moliya yilida AQSH zarbxonasi 1 sentlik tangalarning ishlab chiqarish va tarqatish narxi taxminan 3,7 sentga teng ekanini ma’lum qilgan, bu 2023 yilga nisbatan 20% ko‘proq.
Bunga sabab sifatida ushbu turdagi tangalarni zarb qilishda foydalaniluvchi rux va mis metallari narxining oshishi ko‘rsatilgan.