AsosiyJamiyat

Namanganda haydovchisi piyodani urib, qochib ketdi

Piyoda voqea joyida vafot etgan.

'Namanganda haydovchisi piyodani urib, qochib ketdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namanganda qora rangli Gentra haydovchisi piyodani urib, voqea joyidan qochgani aks etgan videolavha tarqaldi.

Viloyat IIB Matbuot xizmatiga ko‘ra, holat joriy yilning 11 fevral kuni soat 06:40 larda sodir bo‘lgan. Noma’lum shaxs o‘zining boshqaruvida bo‘lgan Gentra rusumli avtomashinasida Namangan shahar A.Temur ko‘chasida harakatlanib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda Namangan shahrida yashovchi, 1958 yilda tug‘ilgan fuqaroni urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan.

Natijada, piyoda olgan tan jarohati sababli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 117-moddasi 2-qismi va 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Noma’lum haydovchini topish bo‘yicha o‘tkazilayotgan tezkor qidiruv ishlari yuzasidan qora rangli Gentra rusumli avtomashinalar mutaxassislar tomonidan tekshirilib, tekshiruv yakunlangandan so‘ng ruxsat berilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.