Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda xonadon portlagani aks etgan video tarqaldi. Holat bo‘yicha Buxoro viloyati FVB ma’lumot taqdim etdi.
Aniqlanishicha, 2025 yil 12 fevral kuni taxminan soat 22:00 larda G‘ijduvon tumani “Guliston” MFYdagi aholi xonadonida chaqnash sodir bo‘lgan. Voqeaning taxminiy sababi, fuqaroning yashash uyida gaz sizib chiqib to‘planishi hamda chiroqni yoqishi oqibatida havo gaz aralashmasi chaqnashi sodir bo‘lgan.
Hodisa oqibatida yong‘in yuzaga kelmagan, jabrlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.
Voqea joyiga viloyat FVB va G‘ijduvon tuman IIB mas’ul rahbarlari hamda 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan.