Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatining Asaka tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi inspeksiya xodimini haqorat qilganligi haqida xabar tarqaldi. Holat bo‘yicha Soliq qo‘mitasi munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur holat nazoratga olinib, xizmat tekshiruvi tayinlangan.
"Natijasi bo‘yicha tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilinadi", - deyiladi xabarda.