Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun yangi 6 milliard yevrolik yordam paketini tayyorlamoqda.
"Politico" nashrining xabar berishicha, 1,5 million artilleriya snaryadlaridan tortib havo hujumidan mudofaa tizimlarigacha bo‘lgan barcha narsani o‘z ichiga olishi kerak bo‘lgan yordam 2022 yilda RFning keng ko‘lamli bosqinidan beri Yevropa Ittifoqining eng yirik harbiy yordamlaridan biri bo‘ladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu paket 24 fevral kuni Yevropa komissarlarining Kiyevga ramziy tashrifi arafasida e’lon qilinishi mumkin.