AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus butunlay yonib ketdi

Bugun tongda sodir bo‘lgan yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

'Toshkentda avtobus butunlay yonib ketdi'ning rasmi

Olmazor tumanida Avtobusda yong‘in sodir bo‘ldi. Holat bo‘yicha poytaxt FVB ma’lumot taqdim etdi. 

Ma’lum qilinishicha, bugun, 20 fevral kuni soat 07:41 da Toshkent shahar Olmazor tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida, avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida, Toshkent shahar FVB xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv  ekipaji etilgan manzilga soat 07:45 da yetib borib, yong‘in soat 07:50 da o‘chirildi. 

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

    Boshqa yangiliklar