AsosiyJamiyat

"Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi" esdalik yubiley medali ta’sis etildi

Bu haqda Prezident farmoni imzolandi.

'"Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi" esdalik yubiley medali ta’sis etildi'ning rasmi

«Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi» esdalik yubiley medalini ta’sis etildi.

Yubiley medali bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – “1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” va “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan yoki urush qatnashchisi guvohnomasiga yoxud Vatan urushi nogironi guvohnomasiga ega bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar, shuningdek, Ikkinchi jahon urushi yillaridagi front orti mehnat faxriylari, shu jumladan, “1941-1945 yillar Ulug‘ Vatan urushidagi shavkatli mehnati uchun”, “Mehnatdagi jasorati uchun”, “Mehnatda o‘rnak ko‘rsatganligi uchun” medallariga yoki 1941-1945 yillardagi urush davrida Qurolli Kuchlarda fuqaro shaxslarni erkin yollash bo‘yicha shtat lavozimida bo‘lganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lgan mehnat fronti qatnashchilari mukofotlanadi.

    Boshqa yangiliklar