Jahon banki tomonidan amalga oshirilayotgan ushbu loyiha doirasida 2023 yilgi so‘rovnomada uy xo‘jaliklarining 55 foizi daromad topish uchun sharoitlar yaxshilanganini aytgan bo‘lsa, 2025 yilda 1500 ga yaqin uy xo‘jaliklari bilan o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, 88 foiz xo‘jaliklar ijobiy xulosa bergan. Umuman, O‘zbekiston aholisining 94 foizi bugungi islohotlarni qo‘llashini bildirgan.
Shuningdek, davra suhbati davomida “Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”ga muvofiq amalga oshirilishi infografik tahlili” nomli to‘plam taqdimoti o‘tkazildi.