AsosiyJamiyat

Toshkentda 24 yoshli erkak 9 yoshli o‘quvchisiga shilqimlik qildi

Erkak 5 sutkaga qamaldi.

'Toshkentda 24 yoshli erkak 9 yoshli o‘quvchisiga shilqimlik qildi'ning rasmi

2025 yil 3 mart kuni Toshkent shahri jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida 9 yoshli qizga shahvoniy shilqimlik qilgan shaxs ustidan sud bo‘lib o‘tdi. Darakchi.uz sud hujjatini o‘rgandi.

Hujjatga ko‘ra, 24 yoshli D.M. 2025 yil 16 fevral soat 13:30 da Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan rassomchilik to‘garagi maktabida voyaga yetmagan 9 yoshli qizning qaddi-qomatini tavsiflab, uni yelkalarini ushlab, uqalab, qo‘llarini ushlab, quchoqlab, unga shahvoniy shilqimlik qilgan.

Sud majlisida huquqbuzar D.M. aybiga to‘liq iqrorlik bildirib, u rassomchilik to‘garagi maktabida o‘qituvchi ekanini, qiz uning o‘quvchisiligini aytgan. U o‘quvchisi topshiriqlarni bajarib, yaxshi natija ko‘rsatgani sababli quchoqlaganini ta’kidlagan. Erkak qilgan ishidan afsusdaligini, bunday holat boshqa takrorlanmasligini bildirib, suddan unga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.

Sud majlisida jabrlanuvchining qonuniy vakili T.B. ko‘rsatuviga ko‘ra, 16 fevral kuni qizi uyga kelganda unga o‘qituvchisi D.M. dars vaqtida shilqimlik qilib, uni quchoqlab olganini aytgan. Shundan so‘ng T.B. "102" ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, D.M.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab, ariza bilan murojaat qilgan.

Sud D.M. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41−1 -moddasi 1-qismida nazarda tutilgan (Shahvoniy shilqimlik) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topdi. Unga nisbatan 5 (besh) sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31

    'Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 16:27

    Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

    Markaziy bank 24 noyabr kuni uchun belgilangan yangi valyuta kurslarini e'lon qilindi.

    'Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 15:41

    Toshkentning ifloslangan havosi tozalash boshlandi

    Havodagi PM2.5 va PM10 miqdori oshgan sharoitda yo'llarni namlash shahardagi ikkilamchi changlanishni qisqa vaqtda kamaytiruvchi eng tezkor choralardan biri hisoblanadi.