1

“Lokomotiv” PFK vakillari Malayziyada, ertaga OChL qur`asi bo`ladi

Sport 12.12.2016, 15:31
“Lokomotiv” PFK vakillari Malayziyada, ertaga OChL qur`asi bo`ladi

Ushbu mavsum yakunlariga ko`ra, O`zbekiston chempioni hamda Kubogini qo`lga kiritgan "Lokomotiv" kelasi yilgi Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida to`g`ridan-to`g`ri ishtirok etadi.

Hozirda klubning uch nafar vakili - "Lokomotiv" PFK sport direktori R.Muqimov, xalqaro bo`lim mutaxassisi S.Akromov hamda klub matbuot kotibi X.Xoliqov Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida bo`lib turishibdi. Klubimiz xodimlari "Hilton" mehmonxonasiga joylashishgan.

Ertadan boshlab OChL hamda OFK Kubogida ishtirok etuvchi klublar uchun ikki kunlik seminar start oladi. 13-14 dekabr kunlari bo`lib o`tadigan ish tartibi davomida bir qator masalalar ko`rib chiqiladi, xususan, kelasi yilgi xalqaro musobaqalar uchun yuz beradigan o`zgarishlar ma`lum qilinadi va eng asosiysi, 2017 yilgi Osiyo chempionlar ligasiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tadi.

Xabaringiz bor, ushbu musobaqadagi ishtirokni "Lokomotiv" guruh bosqichidan, "Bunyodkor" bilan "Nasaf" esa pley-off bosqichidan boshlaydi. Barcha tadbirlar "Hilton" mehmonxonasining katta anjumanlar zalida o`tkaziladi. Bugun OFK xodimlari Malayziyaga tashrif buyurgan har bir klub vakillarini ikki kunlik ish tartibi bilan tanishtirib chiqishdi.

Demak, 13 dekabrga belgilangan ish tartibi quyidagicha ko`rinish olgan:

09:30 - 09:55. Ro`yxatdan o`tish
10:00 - 10:15. Seminar ochilishi
10:15 - 10:45. 2016 yilgi OChL va OFK Kubogi yakunlari (Shin Mingil ma`ruzasi)
10:45 - 11:45. Musobaqalar o`tkazish tartibi (Brayan Si, Pavel Luzanov ma`ruzasi)
12:00 - 12:30. Tartib-intizom va halol o`yin (Jeyms Kitching ma`ruzasi)
12:30 - 14:00. Tushlik
14:00 - 14:25. Qur`a uchun ro`yxatdan o`tkazish
14:30 - 17:00. OFK Kubogi va OChL uchun qur`a tashlash marosimi
17:00 - 17.30. Klublar taqdimotiga tayyorgarlik
17:30 - 19:30. OFK Kubogi - tashkiliy masalalar

Izoh: Barcha soatlar Kuala-Lumpur vaqti bilan ko`rsatilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1