- «Hammasiga genlar aybdor». AQShlik olimlar erkaklarning xiyonat qilishini tibbiy nuqtai nazardan o`rganib, ayb aslida DR-D4 genida ekanligini ma`lum qilishdi. Aynan mana shu gen bema`ni xayollarga sabab bo`lar ekan...
- Internet, uyali aloqa xizmatlari hamda turli yozishmalarga qiziqadigan erkaklarda xiyonatga moyillik bo`lishi mumkin. Shunisi qiziqki, bu jarayon erkak xohishi bilan emas, texnika imkoniyatlarining antiqaligi sabab ro`y berarmish, go`yoki...
- Moliyaviy ta`minlanganlik, ya`ni cho`ntagi qappaygan erkaklarning ayrimlarini qiziqarli sarguzashtlar jalb qiladi. «Pul bo`lsa, changalda sho`rva» degandek...
- O`ziga qaramagan, qomati ko`ngildagidek bo`lmagan ayol xiyonatning yana bir sababi emish. Bolalar, uy-ro`zg`or, qozon-tovoq kichik elkasida bo`lgan ayolning ko`zgu qarshisida kunini o`tkazishga vaqti yo`qligi bilan hisoblashishsa, yaxshi bo`larmidi?
- Oilaviy hayotdan zerikish yoki bir xillikdan tez charchash. Aslida esa bu shunchaki bahona, xolos.
- Ruhiy va jinsiy yaqinlikdan ko`ngli to`lmasa ham erkak chetdan «dardkash» izlar ekan. Mubolag`aga yo`ymang-u, ammo buni o`zlaridan bildik.
- Erkaklarning 42 foizi xiyonat sabab hech nima yo`qotilmaydi, deb hisoblashsa, 30 foizi «Rafiqam meni kechiradi», deya o`zini oqlaydi. 15 foizi uchun xiyonat ajrashish uchun yo`l. Faqat 10 foizgina erkak bevafoligini aqlan tan olarkan.
- Xoh ishoning, xoh ishonmang: Indoneziyada erkak va ayol xiyonati qamoq jazosiga tortilar ekan.
- Olimlar fikricha, IQ (aqliy salohiyat) darajasi yuqori bo`lgan erkaklar xiyonatga chalg`imaydi. Ammo bu ko`rsatkich past bo`lganlarda aksi bo`ladi.
- «Onasining erkasi» bo`lgan yigitlar yo taqdiriga isyon qilib, yoki ota-onasiga fe`lini ko`rsatishni istab, xotiniga xiyonat qilishi mumkin.