AsosiyJamiyat

Uch nafar deputatning vakolati muddatidan ilgari tugatildi

2016 yil 12 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo`lib o`tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi.

“O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a`zosining maqomi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi N.Kaimovning xalq deputatlari To`raqo`rg`on tumani Kengashi deputati vakolati tugatilganligi hamda A.Butaevning xalq deputatlari Oltiariq tumani Kengashi deputati vakolati tugatilganligi munosabati bilan ularning O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a`zosi vakolati muddatidan ilgari tugatish to`g`risida qarorlar qabul qildi.

Shuningdek, majlisda 104-Quvasoy saylov okrugidan saylangan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputati M.Ubaydullaev Marg`ilon shahar hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan uning deputatlik vakolati muddatidan ilgari tugatish to`g`risida ham qaror qabul qilindi.

Boshqa yangiliklar