AsosiyJamiyat

Toshkentda avtobus chiroqlari o‘chirib qo‘yilib, yo‘lovchilardan yo‘l kira uchun naqd pul talab qilindi

Haydovchi ishdan bo‘shatilib, sodir etgan qoidabuzarligi bo‘yicha hujjatlar huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

'Toshkentda avtobus chiroqlari o‘chirib qo‘yilib,  yo‘lovchilardan yo‘l kira uchun naqd pul talab qilindi'ning rasmi

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Toshshahartransxizmat” AJning “2-Avtobus saroyi” filiali tasarrufidagi,  “Yutong” rusumli, davlat raqami 01|472 ALA,  saroy raqami 766-bo‘lgan 72-sonli yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobus haydovchisi hamda sohaga begona bo‘lgan fuqaro tomonidan, shu kuni kech soat 19:50larda yo‘nalishda harakatlanish davomida avtobus salonining chiroqlarini o‘chirgan holda yo‘lovchilardan yo‘l haqi uchun naqd pul talab qilganligi holati haqida post joylashtirildi. Holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati ma’lumot taqdim etdi. 

Postda keltirilgan holat 2025 yilning 14 mart kuni, “Toshshahartransxizmat” AJning  “2-Avtobus saroyi” filiali mas’ul xodimlari tomonidan avtobus saloniga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamalari tekshirilganda yuqorida keltirilgan holat haqiqatda sodir bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. 

Shu kuni holat yuzasidan “2-Avtobus saroyi” filiali direktori J.L.Mannopov, filial mas’ul xodimlari, filial tasarrufidagi yo‘nalish haydovchilari hamda 72-sonli yo‘nalish haydovchisi J.X  bilan birgalikda tezkor tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda haydovchi J.Xning sodir etgan qoidabuzarligi muhokama qilinib, korxona ichki tartib intizomini o‘ta qo‘pol ravishda buzganligi uchun haydovchi J.X bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi. 

Shuningdek, mazkur holat bo‘yicha haydovchi J.Xning sodir etgan qoidabuzarligiga huquqiy baho olish maqsadida, hujjatlar to‘plami huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Piskentda sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:20

    Piskentda sodir bo‘lgan YTHda 2 kishi vafot etdi

    Dastlabki taxminga ko‘ra, yuk mashina haydovchisi rulda uxlab qolgan.

    'Tunda Toshkentdagi restoranlardan birida mushtlashuv sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:35

    Tunda Toshkentdagi restoranlardan birida mushtlashuv sodir bo‘ldi

    Ajratmoqchi bo‘lgan fuqaro yuzida lunji yirtilgan va bosh miya jarohati tashxisi bilan shifoxonaga olib ketilgan.

    'Bugun O‘zbekistonda harorat 25 darajagacha issiq bo‘ladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:15

    Bugun O‘zbekistonda harorat 25 darajagacha issiq bo‘ladi

    Respublikada yog‘ingarchilik kutilmaydi.

    'O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 21:08

    O‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan ijtimoiy toifadagi talabalarga foizsiz ta’lim krediti beriladi

    Bunday imtiyoz beriladigan toifalar ro‘yxati qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanadi?

    'O‘zlashtirishiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 19:30

    O‘zlashtirishiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi

    Hukumat qarori bilan Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

    'Prezident Rossiya Davlat dumasi raisini qabul qildi'ning rasmi

    Jamiyat 14.03.2025 18:52

    Prezident Rossiya Davlat dumasi raisini qabul qildi

    O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlik kengayishini qo‘llab-quvvatladi.