Xitoylik talaba yigit sevgan qiziga muhabbat izhor etish uchun shamlardan yurak yasadi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
Ammo uning bu qilig`i universitet xodimlariga yoqmay, ular shamlarni olovni o`chirish moslamasi yordamida o`chirib qo`yishdi.
Voqea Chjenchjou moliya universitetida ro`y berdi. Talaba yigit shamlarni yoqib, yurak shaklini yasadi va sevgan qizini kuta boshladi. Ammo shamlarni ko`rgandan keyin uning atrofiga yigitning kursdoshlari va o`tkinchilar to`plandi. Ular bo`lib o`tgan voqeani Xitoyning eng mashhur Weibo ijtimoiy tarmog`iga joylashtirdi.
Ammo qiz yigitning romantik izhorini ko`rishga ulgurdi. Ammo universitet xodimlari shamlarni zudlik bilan o`chirdi. Ijtimoiy tarmoqlarning ba`zi bir kuzatuvchilari o`qituvchilarning bu harakatini “ular o`zlarining yoshligini unutibdi”, deya ta`riflashdi.