AsosiyJamiyat

Farg‘onada elektroskuterlar uchun akkumulator ishlab chiqarish boshlandi

"Qo‘qon" erkin iqtisodiy zonasida "Hong Gang International" qo‘shma korxonasining elektroskuterlar uchun akkumulatorlar ishlab chiqarish loyihasi ishga tushirildi.

'Farg‘onada elektroskuterlar uchun akkumulator ishlab chiqarish boshlandi'ning rasmi

Mazkur korxonaning ochilish marosimi katta tantanaga aylandi, unda investorlar, Uchko‘prik tumani hokimligi mas’ullari, faollar hamda nuroniylar ishtirok etdi.

Xitoylik ishbilarmonlar bilan hamkorlikda tashkil etilgan loyiha uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri 11 mln dollar investitsiya yo‘naltirildi hamda zamonaviy dastgohlar o‘rnatildi.

300 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi. Birinchi bosqichdagi loyiha doirasida bu yerda yiliga 250 ming dona qo‘rg‘oshinli akkumulatorlar ishlab chiqariladi. Xitoylik investorlar bu yerda 60 mln dollarlik yana bir loyihani boshlamoqda. Ramziy lenta qirqilib, ishtirokchilar korxona faoliyati bilan tanishdilar.

    Boshqa yangiliklar