O‘zgidromet xabariga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-11° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-8° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo‘ladi.