AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda 4 bola lift ichida qolib ketdi

Ularni qutqarib olish uchun qutqaruvchilari chaqirildi.

'Qashqadaryoda 4 bola lift ichida qolib ketdi'ning rasmi

Bugun, 27-mart kuni soat 13:30 da Qashqadaryo viloyati FVBga Qarshi shahar "Navo" MFYda joylashgan ko‘p qavatli uylarning biridagi lift qulflanib qolganligi, uni ichida 4 nafar yosh bolalar qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan. 

Xabarga ko‘ra, zudlik bilan aytilgan manzilga viloyat FVB qutqaruvchilari yetib borgan va maxsus asbob-anjomlar yordamida liftni ochib, bolajonlar qutqarilgan hamda ota-onalariga sog‘-omon topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar