AsosiyJamiyat

Mirzo Ulug'bek tumonidagi ko'p qavatli uyda yong'in sodir bo'ldi.

Hodisa Hamid Olimjon ko‘chasidagi xonadonlardan birida yuz bergan.

'Mirzo Ulug'bek tumonidagi ko'p qavatli uyda yong'in sodir bo'ldi.'ning rasmi

16 mart kuni soat 16:30 atrofida Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani “Lashkarbegi” MFY, Hamid Olimjon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida yong‘in sodir bo‘lgani haqida shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushdi.

Ma’lum qilinishicha, qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 16:38 da yetib borib, yong‘inni 16:52 da qurshab olgan hamda 16:59 da to‘liq bartaraf etgan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmagan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan zarar miqdori aniqdanmoqda.

    Boshqa yangiliklar