AsosiyJamiyat

Jizzaxda IJKQK katta tezkor vakili pora olib qoʻlga tushdi

Davlat muassasasiga interaktiv doskalarni qimmat narxda sotishga yordam berish evaziga tadbirkordan 85 million so‘m talab qilganlikda gumonlanmoqda.

'Jizzaxda IJKQK katta tezkor vakili pora olib qoʻlga tushdi'ning rasmi

Jizzax viloyatida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Paxtakor tuman bo‘limi katta tezkor vakiliga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, departament xodimi 1989 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan tanishi bilan til birliktirib, texnika ta’minoti bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbarining ishonchiga kirgan. Ular Jizzax shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi bilan interaktiv doskalarni xarid qilish bo‘yicha elektron tenderda g‘olib chiqarishni va’da qilgan.

Buning evaziga tadbirkordan 85 mln so‘m talab qilingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, aslida 15,2 mln so‘mlik interaktiv doskalarni davlat muassasasiga 25 mln so‘mdan sotish rejalashtirilgan.

DXX va prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avval 1989 yilda tug‘ilgan shaxs 85 mln so‘mni olgan vaqtida ushlangan. Keyinchalik uning 30 mln so‘mini departament xodimi maktab direktori bilan birga olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jizzax viloyati prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi. Tergov harakatlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '200 km/soatdan ortiq tezlikda yurib, ijtimoiy tarmoqda maqtangan yigitlar 15 sutkaga qamalandi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:47

    200 km/soatdan ortiq tezlikda yurib, ijtimoiy tarmoqda maqtangan yigitlar 15 sutkaga qamalandi.

    Yo'l harakati qoidalarini qo'pol ravishda buzib, avtomobilni 200 km/soatdan ortiq tezlikda boshqargan yigitlar qonun oldida javob berdi.

    'Oʻzbekistonning 9 viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:55

    Oʻzbekistonning 9 viloyatida sel xavfi eʼlon qilindi

    18-19-mart kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel oqimlari yuzaga kelishi mumkin.

    'Andijonda ayolni "samosud" qilib, sochlarini olishdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:41

    Andijonda ayolni "samosud" qilib, sochlarini olishdi

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

    'Mirzo Ulug'bek tumonidagi ko'p qavatli uyda yong'in sodir bo'ldi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:36

    Mirzo Ulug'bek tumonidagi ko'p qavatli uyda yong'in sodir bo'ldi.

    Hodisa Hamid Olimjon ko‘chasidagi xonadonlardan birida yuz bergan.

    'Farg‘onada mast holatda janjal qilgan ayollar javobgarlikka tortildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:53

    Farg‘onada mast holatda janjal qilgan ayollar javobgarlikka tortildi.

    ИИО ходимларининг қонунний талабларига бўйсунмаган икки нафар аёлга нисбатан маъмурий баённома расмийлаштирилиб, иш судга юборилди.

    'O'zbekistonda 1765 ta masjidda Qur'on xatm qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:36

    O'zbekistonda 1765 ta masjidda Qur'on xatm qilinadi

    Bugun, 16 mart kuni mamlakati bo‘ylab bir vaqtning o‘zida Qur’on xatmon marosimlari o‘tkaziladi.