Ma’lum qilinishicha, joriy yil mart oyi boshida poytaxtning Sergeli tumanidagi Fayziy—Toshkent ko‘chasida Mercedes-Benz avtomashinasiga noqonuniy ravishda “migalka” o‘rnatib harakatlangan haydovchilar aniqlandi. Ular avtomobilni 200 km/soatdan ham yuqori tezlikda boshqarib, yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan.
Qoidabuzarlar bu holatlarni o‘z ijtimoiy tarmoq sahifalariga joylab, maqtangan. Holat yuzasidan ular ichki ishlar organlariga olib kelingan, profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Sud qaroriga ko‘ra, avtomobilni 200 km/soatdan ortiq tezlikda boshqarib, yo‘l harakati hamda jamoat tartibi qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan yigitlarga nisbatan 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.






