AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

Avvalroq, ikki mamlakat yetakchilarining norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergandik.

'Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga jo‘nab ketdi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 29 mart kuni amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga jo‘nab ketdi.

Ikki mamlakat yetakchilarining norasmiy uchrashuvida O‘zbekiston-Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar