Izboskan tumanida joylashgan masjidda yuz bergan portlash yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan quyidagilar ma’lum qilindi.
Aniqlanishicha, Izboskan tumanda joylashgan “Ahmadali xoji” masjidining taxoratxona binosi yerto‘lasida isitish moslamalariga ulangan gaz quvurlaridan sizib chiqqan tabiiy gaz, xona ichiga to‘planib qolishi natijasida, elektr energiyasi yoqilgan vaqtda chaqnash sodir bo‘lib, bino qulab tushgan.
Natijada bino ichida bo‘lgan 10 nafari shaxslar turli darajada tan-jarohatlari olgan va 3 nafar shaxslar voqea joyida vafot etgan.
Mazkur xolat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205, 259-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlari davomida barcha xolatlar to‘liq o‘rganilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi