AsosiyJamiyat

Andijondagi gaz portlashida halok bo‘lganlarning yaqinlariga moddiy yordam berildi

Masjidning talafot ko‘rgan qismini qayta tiklash ishlari uchun ham belgilangan tartibda mablag‘lar ajratiladi

'Andijondagi gaz portlashida halok bo‘lganlarning yaqinlariga moddiy yordam berildi'ning rasmi

Bugun, 1 aprel kuni Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan “Ahmadali hoji” jome masjididagi gaz portlashida halok bo‘lganlar oilasiga moddiy yordam berildi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar qildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar masjidni mutasaddilar ishtirokida ko‘zdan kechirgan. Voqea tufayli ta’ziyali bo‘lgan xonadonlarga hamdardlik bildirgan. Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, marhumlar haqiga bag‘ishlangan

Ma’lum qilinishicha, muftiy boshchiligidagi ulamolar vafot etganlarning janoza namozlarida, ma’raka-marosimlarida haqlariga duolar qilgan. Marhumlarning yaqinlariga moddiy-ma’naviy tasalli berilgan. 

“Tan jarohati olib, shifoxonalarda muolaja olayotganlarga tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tilandi” deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, halok bo‘lganlarning oila a’zolariga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan moddiy yordamlar berilgan. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikka asosan moddiy yordam pullari ham to‘lash nazarda tutilgan. 

“Masjidning talafot ko‘rgan qismini qayta tiklash ishlari uchun ham belgilangan tartibda mablag‘lar ajratiladi”, deyiladi xabarda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 mart kuni soat 12:19 da “Mirzo Ulug‘bek” MFY hududida joylashgan “Ahmadali hoji” jome masjidida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lgani haqida Andijon viloyati FVBga xabar kelib tushgandi. Zudlik bilan aytilgan manzilga 2 ta qutqaruv otryadi va 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. hodisa sodir bo‘lgani xabar qilinganida vodiyda bo‘lib turgan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Botir Qudratxo‘jayev Izboskan tumaniga yetib borgandi. Keyinroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar ham voqea joyiga jo‘nab ketdi. Baxtsiz hodisa ortidan Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan Bosh vazir o‘rinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida hukumat komissiyasi tuziladi. Qolaversa, ushbu gaz portlashi ortidan jinoyat ishi ham qo‘zg‘atildi. Portlashda bino ichida bo‘lgan 10 nafar shaxs turli darajada tan jarohati olgan va 3 nafar shaxs voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205-(Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 259- (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 19:31