AsosiyJamiyat

Toshkentda issiq suv ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi

Issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladigan turar-joy binolari va muassasalar ro‘yxati e’lon qilindi.

'Toshkentda issiq suv ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘ladi'ning rasmi

Joriy yil aprel oyida yozgi mavsum oldidan mahalliy qozonxonalarida rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari olib boriladi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi matbuot xizmatining ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, uskunalarni ta’mirlash va modernizatsiya qilish, eskirgan qismlarni almashtirish hamda nasoslarni tekshirish kabi bir qator ishlar amalga oshirilishi sababli, quyidagi manzillarda joylashgan ayrim turar-joy binolari va muassasalarda vaqtincha issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi.

Bektemir tumani

7–11 aprel – "Suvsoz" massivi

14–18 aprel – X.Boyqaro, B.Nozim, Y.Chirchiq ko‘chalari (ayrim uylar va muassasalar)

28–30 aprel – Oltintopgan mahallasi, №56–60, 19A, 19B turar-joy binolari

Mirobod tumani

7–10 aprel – Bextereva-Sarakul ko‘chalari, №1–8 turar-joy binolari va ayrim muassasalar

28–30 aprel – Kichik halqa yo‘li ko‘chasi, №2–8 turar-joy binolari

Mirzo Ulug‘bek tumani

2–4 aprel — TTZ-2 mavzesi, 30a, 31a, 32a, 35a turar-joy binolari, Belonojko ko‘chasi, 30 turar-joy binosi

7–11 aprel — Yugnakiy mavzesi, 7–13, 10a, 10b turar-joy binolari va ayrim muassasalar

14–18 aprel — Yugnakiy mavzesi, 14–18, 46–52 turar-joy binolari, Qorasuv 1,2,3,4,6 mavzesi, BO‘Z-2, Feruza mavzesi, ayrim uylar va muassasalar

21–25 aprel — Yugnakiy mavzesi, 31–38, 44, 45 turar-joy binolari va ayrim muassasalar

28 aprel – 2 may — Yugnakiy mavzesi, 6, 19–26, 26a, 26b turar-joy binolari va ayrim muassasalar

Sergeli tumani

7–11 aprel – Quruvchilar mavzesi

Uchtepa tumani

2–4 aprel – Zaqovat ko‘chasi (ayrim uylar va muassasalar)

7–11 aprel – Uchtut ko‘chasi, №7 turar-joy binosi

14–18 aprel – Shifokorlar ko‘chasi, №1 turar-joy binolari

Chilonzor tumani

21–25 aprel – Chilonzor ko‘chasi, №81, 83, 85 turar-joy binolari

Shayxontohur tumani

2–4 aprel – Uchlola ko‘chasi, №1 turar-joy binosi

8–10 aprel – Uchlola ko‘chasi, №5 turar-joy binosi

15–17 aprel – Termiz ko‘chasi, №1 turar-joy binosi

22–24 aprel – Termiz ko‘chasi, №2 turar-joy binolari

Yangi hayot tumani

21–25 aprel – Sangzor, Sohil, Sholikor, Ziroat ko‘chalari (ayrim uylar va muassasalar)

Yashnobod tumani

7–11 aprel – M.Ashrafiy ko‘chasi №34/1–34/3, 40 turar-joy binolari

14–18 aprel – M.Ashrafiy ko‘chasi, №22/1–22/4 turar-joy binolari

21–25 aprel – Elbek ko‘chasi, №24–28, 3–6 turar-joy binolari

28 aprel – 2 may – Ayrieva ko‘chasi, №7 turar-joy binosi

    Boshqa yangiliklar