AsosiyBu qiziq

7-aprel kuni ob-havo qanday bo‘ldi?

Respublikada havo bulutli bo‘lib, ayrim hududlarda yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatiladi. Harorat 25 dan 30 darajagacha bo‘ladi.

'7-aprel kuni ob-havo qanday bo‘ldi?'ning rasmi

“Uzgidromet” 7-aprel kuni ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-17 daraja,kunduzi 26-28 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-16 daraja , kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Toshkent viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 23-28 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar