AsosiySiyosat

Martin Pukvareke Chungongni O‘zbekiston Respublikasining "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni qabul qilindi.

'Martin Pukvareke Chungongni O‘zbekiston Respublikasining "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlandi'ning rasmi

Prezident Farmoniga ko‘ra, Martin O‘zbekiston Respublikasi va Parlamentlararo ittifoq o‘rtasidagi har tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish va chuqurlashtirish borasidagi ko‘p yillik samarali faoliyati uchun ushbu mukofotga loyiq deb topilgan.

Shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalardagi ustuvor qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish, parlament diplomatiyasi hamda mintaqalararo aloqalarni, ochiq va konstruktiv siyosiy muloqotni ilgari surishga bevosita qo‘shgan katta hissasi tilga olingan.

 

    Boshqa yangiliklar