AsosiyBu qiziq

O‘zbekistonda 9-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi

Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi. Harorat 25-30 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

'O‘zbekistonda 9-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi'ning rasmi

“Uzgidromet” 9-aprel kuni ob-havo prognozini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-15 daraja, kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi , Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 27-32 daraja bo‘ladi.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi. 

Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi.

Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-17 daraja, kunduzi 21-26 daraja bo‘ladi. 

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 13-18 daraja, kunduzi 25-30 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 18-23 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kapadze Indoneziya safari maqsadini ochiqladi'ning rasmi

    Bu qiziq 21.11.2025 19:21

    Kapadze Indoneziya safari maqsadini ochiqladi

    Temur Kapadze Indoneziyaga tashrifi terma jamoa boshqarishi bilan bog'liq emasligini, safar faqat reklama va turizm maqsadida amalga oshirilganini ma'lum qildi.

    '“Koinot go‘zali – 2025” tanlovida Meksika vakili Fotima Bosh g‘olib bo‘ldi'ning rasmi

    Bu qiziq 21.11.2025 15:57

    “Koinot go‘zali – 2025” tanlovida Meksika vakili Fotima Bosh g‘olib bo‘ldi

    Unga gʻoliblik tojini 2024-yilgi miss — daniyalik Viktoriya Teylvig topshirdi.

    'Temur Kapadze Indoneziyaga bordi'ning rasmi

    Bu qiziq 21.11.2025 14:57

    Temur Kapadze Indoneziyaga bordi

    Murabbiy hozirda muzokaralar uchun Jakartada bo‘lib turibdi.

    'Kambagʻal oilalar yoshlariga armiya va "prava" uchun toʻlov davlat hisobidan qoplanadi'ning rasmi

    Bu qiziq 21.11.2025 11:06

    Kambagʻal oilalar yoshlariga armiya va "prava" uchun toʻlov davlat hisobidan qoplanadi

    1 fevraldan Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan yoshlar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni bepul o‘taydi.

    'Bugun harorat 21 darajagacha iliydi'ning rasmi

    Bu qiziq 21.11.2025 07:56

    Bugun harorat 21 darajagacha iliydi

    "O'zgidromet" bugun, 21 noyabr kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

    'Markaziy bank valyuta kurslarini e'lon qildi'ning rasmi

    Bu qiziq 20.11.2025 16:42

    Markaziy bank valyuta kurslarini e'lon qildi

    Dollar qimmatlashdi, evro arzonlashdi, oltin narxi oshdi.