AsosiyJAMIYAT

Toshkentda qizga intim suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan yigit ushlandi

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

'Toshkentda qizga intim suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan yigit ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida 18 yoshli qizdan uning intim surat va videolarini tarqatmaslik evaziga pul talab qilgan yigit qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, vazirlikka internet tarmog‘ida yosh qizga tegishli intim mazmundagi surat va videolarni tarqatish bilan tahdid qilingani yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Tergovga qadar tekshiruvlarda aniqlanishicha, Toshkent shahrida yashovchi 18 yoshli qiz Instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali bir yigit bilan tanishgan. Keyinchalik u munosabatlari jiddiy ekanini bahona qilib, qizning intim mazmundagi surat va videolarini yuborishiga erishgan.

Oradan vaqt o‘tgach, gumonlanuvchi ushbu materiallarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatmaslik evaziga qizdan 300 AQSh dollari talab qilgan.

Sergeli tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida u jabrlanuvchidan 200 AQSh dollarini olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi birinchi qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar