Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchalarining birida tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab foydalanib kelinayotgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, tumanda joylashgan “Q.T.E.K" MCHJga qarashli avtomobillarga xizmat ko‘rsatish shoxobchasini tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulab foydalanib kelinishi oqibatida 666 mln.so‘mlik tabiiy gaz o‘g‘rilik yo‘li bilan talon-toroj qilingan.
Mazkur holat yuzasidan MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.